Tuman tarixi

XV asrning oxiri va XXI asrning boshlarida yashagan temuriyzoda podshoh va ajoyib o’zbek shoiri, tarixchi va geograf Zahiriddin Muhammad Bobur tumanimizning shimolidan oqib o’tuvchi Sirdaryo sohilida joylashgan Axsikent shahri to’g’risida yozib, daryoning janub tomonlarini shunday tasvirlagan: “Ovi qushi bisyor yaxshi bulur. Sayxun daryosining Axsi tarafi dashtdur. Andijon tarafi jangaldur Bug’u-maral, qirg’ovul va tovushqoni ko’p topilur, asru semiz bulur”. Bu ulug’ zotning bu joylarga qutlug’ nazari tushganligidan tashqari ov qilish maqsadida o’tib, muborak qadami ham tekkan bo’lishi mumkin. Tuman hududidagi Gurtepa qishlog’i eng qadimiy aholi punkti bo’lib,
Namangan-Farg’ona, Qo’qon-Andijon yo’llari ustida joylashgan. Bu shaharlar orqali qo’shni Afg’oniston, Xitoy, Hindiston kabi mamlakatlardan o’tib keluvchi karvonlarga  qo’noq vazifasini o’tagan. Oktyabr davlat to’ntarilishigacha ham gurkirab, rivojlangan kichikroq shahar, shaharcha darajasiga yetgan.

Bu hududning Qo’qon xonligining Namangan bekligi, oxirgi paytlarda qo’rg’oni Momoxon qishlog’ida joylashgan Toshboy mingboshi, Baland Gurtepa  markazida mingboshi Abdusalim amin, Xumor amin, Fayzi aminlar  orqali boshqargan. Keyinchalik 1876 yili Qo’qon xonligi Rossiya qo’shinlari tomonidan shafqatsizlarcha bosib olingach, Umumrossiya ma’muriy boshqaruv tizimi joriy qilindi. Yangi tuzilgan Farg’ona viloyati tarkibida uezdlar tashkil etildi. Hozircha Namangan viloyati hududida dastlab Namangan, Chust uezdlari tuzildi. Uezdlar esa o’z navbatida volistlarga bo’lindi. Ko’p o’tmay Namangan, Chust uezdlari birlashtirildi. Xuddi shu davrda, ya’ni 1925 yilda Namangan uezdi tarkibida
Axsi-Shaxand, Olmos, Asht, Bobodarxon, Varzik, Kosonsoy, Kapa, Qirg’izqo’rg’on, Nanay, Nayskaya, Pishqo’rg’on, Tergachi, To’raqo’rg’on, Uychi, Xonobod, Chodak, CHhst, Yangiqo’rg’on valostlari bo’lgan.

Faxriylarimizning xotirasicha, hududning yaqinligi, Sirdaryo orqali tutashib ketganligiga asoslanadigan bo’lsak, Gurtepa-Jomasho’y qishloqlari atrofidagi aholi punktlari toki Jiydaqishloq, Yakkatolgacha Axsi-Shaxand volosti, Gulbog’ qishlog’i atrofidagi aholi punktlari toki Tegirmon, Qo’g’aliko’lgacha Chust velosti tasarufida bo’lganligi oydinlashadi.

Rossiyaning mustamlakasiga aylantirilgandan keyin boshlangan talonchilik siyosati 1971 yilgi oktyabr davlat to’ntarilishidan keyin hokimiyat tepasiga kelgan bolsheviklar tomonidan ham davom etildi. O’lkamiz rus shaharlaridagi sanoat korxonalarini suv tekin xomashyo bilan tahminlash manbaiga aylanib boraverdi. Serquyosh yurtda har qanday yo’l bilan paxta yetishtirishni ko’paytirib, markazga tobora ko’proq tola yetkazib berishga harakat qilindi. Shu maqsadda 1921 yilda Qo’qon gruppa tumanlarida oltita davlat xo’jaligi (sovxoz) barpo etildi. 1924 yil yanvarda Qoraqalpoq temir yo’l bekati yaqinida “Tollik Yakkatut” savxozi ham tashkil etiladi. Sovxozda moskvalik paxtachi Brikin, Buxorolik mahalliy yaxudiy Benyamindan tortib olingan yerlar, vodakachka berkitildi. Savxozning birinchi direktori Visladagi o’rmonchilik va qishloq xo’jaligi institutini bitirgan agronom Aleksandr Aleksandovich Voskresenskiy, bosh agronomi N.A.Romanenko bo’ladi. Ikkovi Andijondan parga yuradigan “Titan”, “Mogul” traktorlarini olib kelib, dastlab o’zlari boshqaradilar. Yangi yerlar o’zlashtirila boshlandi. Paxta hosildorligi ortib, yalpi hosil ko’payib boradi. 1929 yili sovxozning o’zida mo’jaz Jingauz barpo etilib, paxta chigiti ajratib olinadi. 1938 yildan jingauz mustaqil korxona sifatida faoliyat ko’rsata boshlaydi. Paxtachilik sovxozi va paxta tozalash korxonasining vujudga kelishi ishchilar tabaqasining shakllanishiga, tuman hududida ijtimoiy ongning yanada rivojlanishiga ijobiy tahsir ko’rsatganligi shubhasiz.

1926 yildan boshlab boshqaruvning okrug, tuman tuzilmasi joriy etilib, volostlar bir-biriga qo’shilgan holda tumanlar vujudga keladi. Tumanlarni ham birlashib ketishi, ajralib chiqishi, bo’linishi jarayonlari ro’y beradi. Natijada,
1936 yilda Pop, To’raqo’rg’on tumanlari vujudga keladi. Shu taxlitda tumanimiz hududi ham ikkiga bo’linib, ana shu ikkala tuman tarkibiga kirib qoladi. Xalqimiz poplik, to’raqo’rg’onliklar bilan bahamjihatlikda urush arafasi, Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi tiklanish yillarining mashaqqatlarini birgalikda boshdan kechiradilar.

Respublika rahbariyati 1946 yilda Markaziy Farg’onaning ana shu cho’l mintaqasida Zardaryo kanalini rekonstruktsiya qilish, bosh inshoot qurish,  yangi yerlar o’zlashtirish bilan shug’ullanuvchi 1-qurilish-montaj boshqarmasi
(SMU-1)ni tashkil etadi. Boshqarma Jamasho’y qishlog’ida avval o’zi uchun mahmuriy, ishlab chiqarish binolari, turar-joylar quradi. Qishloq shaharcha qiyofasini olib, aholining turmush madaniyati osha boshlaydi. Boshqarma tuzilib, muvaffaqiyatli ishlay boshlashi cho’lda yangi tuman barpo etish uchun maddaniy va mahnaviy asos yaratadi, cho’lni ommaviy ravishda keng miqyosda o’zlashtirish ishlari boshlab yuboriladi.

Nihoyat, 1952 yil 16 aprelda O’zbekiston SSJ Oliy Soveti Prezidiumi “O’zbekiston SSJ tarkibida yangi rayonlar tuzish to’g’risida”gi №173 Farmoni bilan halq deputatlari Namangan viloyati Kengashi ijroiya komitetining cho’l yerlarda markazi “Gulbog’” sovxozi bo’lgan Zardaryo rayonini tuzish haqidagi iltimosini qondirdi. Shu yili 29 mayda esa O’zbekiston SSJ Oliy Soveti Prezidenti tomonidan “Zardaryo rayoni”ning mahmuriy markazi  to’g’risida” 
№ 187 Farmoni qabul qilinib, tumanning mahmuriy markazi “Gulbog’” sovxozidan Jomasho’y qishlog’iga ko’chirildi. 173-farmonga binoan yangi Zardaryo tumaniga Pop tumanidan Nayman Yakkatut, Mehnatobod qishloq Sovetlari, “Gulbog’” sovxozi, To’raqo’rg’on tumanidan Momoxon, Gurtepa, Dovduq va Jomasho’y qishloq Sovetlari olib berildi. 1994 yil 23 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qarori bilan Zardaryo tumanining nomi Mingbuloq tumani deb o’zgartirildi.