"Mingbuloq agrotexservis MTP"

“Mingbuloq agrotexservis MTP” mahsuliyati cheklangan jamiyati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 314-sonli shoshilinchnomasi, viloyat hokimining 307-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingbuloq tumani hokimining 2012 yil 31 dekabrdagi 947-sonli qaroriga asosan tashkil topdi. Jamiyatning ustav fondi 500 million so’mni tashkil etadi. Mahsuliyati cheklangan jamiyat qishloq xo’jalik korxonalariga texnika xizmati ko’rsatadi. Hozir 18 kishi ishlaydi. 2011 yilda jami 1 milliard  94 million 100 ming so’mlik xizmat ko’rsatildi. Bundan tashqari zamonaviy texnikaga sifatli servis xizmati ko’rsatish bo’yicha “Avtotexservis” ham tashkil etilgan. Korxona ixtiyorida besh bosh  zotli qoramol, 1500 bosh tovuq parvarish qilinyapti. Bu yerda qishloq xo’jalik kollejlari o’quvchilariga o’quv-ishlab chiqarish amaliyotlarini malakali o’tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ma'suliyati cheklangan jamiyatga tajribali mutaxassis Abdurahimjon Muhiddinov rahbarlik qilayotir.