Gulbog’paxta tozalash zavodi

Gulbog’paxta tozalash zavodi – 1929 yilda tashkil to’gan. Hozir O’zbekiston paxta sanoati” uyushmasiga bo’ysunadi. Korxona asosan paxtani qayta ishlab, undan tola, momiq, chigit, ulyuk ishlab chiqaradi. Korxonananing mahsuloti rivojlangan xorijiy davlatlardan Turkiya, Belgiya, Shveytsariya, Xitoy, Kuba, Argentina, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Polsha, Kanada, Isroilga jo’natiladi. Korxonada asosan ishlab chiqarish bilan bog’liq 180 kishi ishlaydi. 2010 yilda zavodning mahsulot bilan tahminlanishi 22 717 677 ming so’mga to’g’ri keldi yoki 2009 yilga nisbatan 124,8 foizni tashkil etdi. Amaldagi narxlarda 21 725 595 ming so’mlik yalpi mahsulot, jumladan, 9 995 tonna tola, 13 582 tonna chigit, 446 tonna momiq, 186 tonna ulyuk, 4596 tonna gard ishlab chiqarildi. Mehnat unumdorligi 100,1 foizni, TNP 23 743 ming so’mni tashkil etdi.

Bundan tashqari korxonaning o’zida, barcha paxta qabul qilish punktlarida yordamchi xo’jalik tashkil etilgan. Issiqxonalarda limon yetishtiriladi, 80 boshdan oshiq qoramol boqiladi.

2011 yilda 2 milliard 683 million mablag’ sarflanib, zavod to’liq modernizatsiya qilindi.

Korxonani taraqqiy ettirishda o’n besh yil direktor bo’lib ishlagan Muhammadali Kalonov, bosh mexanik Murodjon Soliev, bosh nurchi Odiljon Soliev, yong’inga qarshi kurash bo’limi boshlig’i Saminjon O’rishev, tsex mexanigi Akramjon Matazimov, chilangar Jumaboy Irgashev, Rahmonali Yo’ldoshev, elektrotexnik Bekmirza Yo’ldoshev, Rahmonali Saparov, ishchi Murodjon Sayitqulov, Mahrufjon Madiyarov, Abdujabbor Akbarov, ustaxona mudiri Nabijon Jo’raevlarning hissasi katta.