Mingbuloq “Suvoqava” tashkiloti

Mingbuloq “Suvoqava” tashkilotining vujudga kelishi 1946 yildan tuman hududida 1-qurilish-montaj boshqarmasi faoliyat ko’rsata boshlashi bilan bog’liq. Dastlabki toza suv bashniyasi va vodoprovod tarmog’i boshqarmaning yordami bilan qurilgan, keyingi yillarda kengaytirib borilgan. Hozir Jomasho’y shaharchasida jami 32 kilometr toza ichimlik suvi tarmog’i, 3 ta tik quduq bor. Keyingi yillarda bitta tik quduq rekonstrukktsiya qilindi, bitta suv minorasi,
1160 metr ichimlik suvi tarmog’i qurildi.  Shaharcha aholisini toza ichimlik suvi bilan tahminlashdek xayrli ishda Ahmadjon Holiqov, shuningdek, Zarifjon Rahimov, Kamoliddin G’ofurov, Galya Zaxarova, Natasha Ro’ziboeva, chilangar R.Mamayusupov, M.Kenjaev, mashinist I.Qurbonov, A.Abdurahmonovlarning hissasi katta.