Mingbuloq elektr ta’minoti korxonasi

Mingbuloq elektr taminoti korxonasi – 1967 yilda tashkil etilgan. Korxona “O’zbekenergo” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi, bo’ysunadi. Hozir 89 kishi ishlaydi. Korxona 1972 yilda qurilgan, ikki qavatli ma’muriy bino, berk bino, omborxona, ustaxonadan iborat. “Zadaryo”, “Namangan”, “Gulbog’” ustachilik bo’limi, aholiga xizmat ko’rsatish bo’limi, dispetcherlik bo’limi, 1284 ta yuridik tashkilotga, 19451 ta xonadonga xizmat qiladi. Korxona tasarrufida
1220 kilometr havo liniyasi, 245 ta podstantsiya punkti uzluksiz ishlab turishi tahminlanmoqda. Jami 9 ta nimstantsiya, 10 ta kompyuter bor. Markazlashgan tahmirlash guruhi tuzilgan. Havo elektr uzatish tarmoqlari, transformator punktlarida jadval asosida tahmirlash ishlari amalga oshiriladi. Favqulodda holatda yuz beradigan nosozliklarni bartaraf etish choralari ko’rilgan, zahira vositalar mavjud.

Turli yillarda korxonaga A.Nizomov, R.Ametov, K.Mahkamov, S.Pirmatov va boshqalar rahbarlik qildi. A.Daminov, A.Ahmedov, T.Rahmonov, B.Kim, M.Lipovoy, Sh.Alieva kabi faxriylar holidan xabar olib turiladi.