Mingbuloqtelekommunikatsiyalar bog’lamasi

Mingbuloqtelekommunikatsiyalar bog’lamasi – 1952 yilda tashkil topgan. Dastlab “Jomasho’y aloqa bo’limi” nomi bilan yuritilib, bo’limni L.M.Lapushenko boshqargan. Keyingi yillarda V.Sokolov, H.Nurmatov, S.Mirzaliev, T.Qambarov, A.Madatov va boshqalar boshliq bo’lib ishladi.

Yil sayin xizmat ko’rsatish hajmi va sifati oshmoqda. 2011 yilda jami aloqa xizmati ko’rsatish 196 998,1 ming, jumladan, aholiga xizmat ko’rsatish 108 143,8 ming so’mga yetdi. Namangan-Jomasho’y oralig’iga shishali kabel yotqizildi. “Tsifrovoy LAZ” o’rnatildi. Hozir mijozlarga qulay 704 ta “SDMA-450” statsionar telefon, 149 ta keng polosali internet xizmati taqdim etildi. Shahar telefon tarmog’idagi mavjud 2776 telefon nuqtasining 2336 tasidan foydalanilmoqda. Tumanga raqamli televidenie kirib keldi. Interaktiv davlat xizmatlari shakllantirilyapti.

Tarmoqda aloqa xizmati saviyasini oshirish borasida ikkinchi, uchinchi darajali “Shuxrat” ordeni nishondori Nomozboy Jumaniyozov, muhandis Y.Toshboev, Yu.Kormakov, Q.Xolmatov, elektromexanik M.Madiyarov, elektromontyor S.Nuraliev, iqtisodchi N.Latipovalarning xizmati katta.