Mingbuloqtuman madaniyat va sport ishlari bo’limi

Mingbuloqtuman madaniyat va sport ishlari bo’limi ham 1952 yilda tashkil etilgan. Madaniyat bo’limi homiyligida tuzilgan ko’plab ikkinchi iste’dod egalarini tarbiyalagan "Yulduz ashula va raqs badiiy havaskorlik ansambli respublika va viloyat tanlovlarida bir necha marta g’olib chiqib, xalq ansambli maqomini oldi. 1990 yilda madaniyat saroyi qurilib foydalanishga topshirildi. Madaniyat saroyida ko’p yillar "Saodat" xotin-qizlar klubi ish olib bordi.

Madaniyat bo’limining moddiy texnika bazasi yangilandi. Oltinko’l qishlog’ida tashkil etilgan O’g’iljon Mamadalieva boshliq folklor ansambli Respublika tanlovida qatnashdi. Xushovoz xonanda To’lqinjon Xoliqov, “O’zbekiston madaniy mahrifiy ishlar ahlochisi” Alijon Mamadaliev, Murodilla Otaxanov, Abdumutal Ashurov, Shavkat Bekboev, Nuriddin Xusanov, Liliya  Kan, Muhabbat Valijonova, Nasiba Tojiboeva kabi bir qancha xavaskorlar shu yerdagi ansamblda qatnashdilar, qatnashmoqdalar. Tumanda  24734 fuqaro jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanmoqda. 4 stadion, 37 ta sport zal, 294 ta sport maydonchasi ular xizmatida. Musiqa maktabi 12-bolalar va o’smirlar sport maktabi ishlab turibdi. Mohir murabbiylardan Marufjon Mahmudov, Lev Kim “Shuxrat” medaliga sazovor bo’lgan. “Xalq ta’limi a’lochisi”, ularning shogirdlari Dilfuza Akbarova, Javohir Fayzimuhammedov, Rasuljon Ortiqovlar Osiyo chempionatida faxrli o’rinlarni egallashdi. Madaniyat va sport ishlari bo’limiga ko’p yillar Umixon aya Ahmedova  bosh bo’ldi. Keyin A.Mamatqulov, Z.Boltaboeva, M.Abdullaeva, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi X.Umarova, B.Solmuxanov, R.Xoliqovalarga ishladi, ishlamoqda. Musiqa maktabiga G’.Salimov, 12 – BO’SMga  J.Turdaliev direktorlik qilmoqda.