Mingbuloqtuman sog’liqni saqlash bo’limi

Mingbuloqtuman sog’liqni saqlash bo’limi 1952-yilda rasman tashkil bo’lgan. Shu davrda o’n  besh o’rinli shifoxona bo’lib, bir vrach, 5 ta o’rta tibbiyot xodimi ishlagan. Stamatolog vrach Alima Kazbaevna To’latova rahbar bo’lgan. 1958 yilda Ergash Hojiev, Nina Ivanovna Fomina, Jambul Mamedov Bekkaev, Gulbog’da Nikolay An vrachlik qiladi. O’n uchta feldsher-akusherlik punkti bor edi, birin-ketin terapiya, bolalar, jarrohlik, yuqumli kasalliklar, tug’ruqxona bo’limlari qurilib ishga tushiriladi. Keyingi yillarda ham 380 qatnovga mo’ljalalangan ko’p tarmoqli markaziy poliklinika, «Gigant» shifoxonasi, qishloqlarda feldsher-akusherlik punktlari, qishloq shifokorlik punktlari, Navoiy nomli, «Do’msa» tez tibbiy yordam shaxobchasi va boshqa tibbiyot muassasalari barpo etildi, shifoxonalar va markaziy poliklinikada keng ko’lamda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi, moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi. Shoshilinch tibbiy yordam, jarrohlik bo’limlari uchun yangi davolanish korpuslari qurib bitkazilmoqda.

Tuman tibbiyot tizimiga turli yillarda R.Madaminov(1957-1978), M.Ziyaeva (1978-1979), I.Usmonov(1979-1982), Q.Sobirov(1982-1986), N.Axmedova (1986-1998), M.Tursunov(1998-2000), B.Karimov(2000-2003), X.Alimov (2003-2004), M.Ergashboev (2004-2007), T.Turdiev, A.Abdullaev (2008-2009), S.Shomatov (2010-yildan hozirgacha) boshchilik qildi. A.Karimov, O.Kamoliddinov A.Ablaev, M.Kuchqorov, X.Abduxolikov, K.Alixujaev, K.Odilov. A.Jamoliddinov, O.Yigitaliev, Z.Kuchkarov, X.Kosimov, X.Abdukarimov kabi oramizdan bevakt ketgan jonkuyar shifokorlarning nomini xalq hurmat bilan yodga oladi. A.Yulchiboev, A.Turdiev, I.Yuldashev, Sh.Eshmatova, O.Ruzieva, M.Qirg’izboeva singari faxriylarimiz jamoat ishlarida faol.

Bugungi kunda tuman tibbiyot birlashmasida 350 o’rin joyga ega markaziy shifoxona, 17 ta qishloq vrachlik punkti, markaziy poliklinika va 6 ta shaxobchada 157 nafar vrach, 842 nafar hashira ishlab turibdi.