Mingbuloq tuman xalq ta’limi bo’limi

Mingbulotuman xalq talimi bo’limi 1952 yilda tuzilgan. Shunda 6 ta boshlang’ich, 10 ta yetti yillik, 3 o’rta maktabda 457 o’quvchi o’qigan. 1993-1994 o’quv yilida 48 ta maktab shu jumladan 37 ta o’rta, 10 ta to’qqiz yillik, bitta boshlang’ich maktabda 18100 o’quvchi o’qigan, 1310 nafar o’qituvchi ishlagan. O’qituvchilardan 856 kishi oliy, 39 kishi to’liksiz oliy, 316 kishi maxsus o’rta, 99 kishi o’rta ma’lumotli edi. Tuman tashkil topgan yili bitta, 1993 yilda 11 ta bog’cha bo’lib, 1509 bola tarbiyalandi. 2010 yilda 51 ta umumta’lim maktablarida 18,4 ming o’quvchi o’qidi. 82,4 foiz o’quvchi bir smenada ta’lim oldi, 38 ta maktabgacha ta’lim muassasasida 3,3 ming bola tarbiyalandi, 1692 nafar o’qituvchi va pedagog xodim ishlaydi. 1037 nafar o’qituvchi oliy mahlumotli, 655 nafar o’rta maxsus ma’lumotlidir.

Tarmoqda O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi Yu.Otamirzaev, xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi K.Matxolikov, 2-darajali "Sog’lom avlod uchun" ordeni Maxmudjon Rahmonov, "Do’stlik" ordeni sohiblari Sh.Abdurahmonov, K.M.Em, R.Juraeva, "Fidokorona mehnatlari uchun" ordeni X.Nurmatov, "Shuhrat" medali sohiblari R.Shermatov, V.Nishonov, N.Juraeva, L.Kim, M.Maxmudov, M.Tsoy, Ch.Xusanova va boshqa fidoyi ustozlarning nomi faxr bilan tilga olinadi. 15-umumiy o’rta tahlim maktabining ingliz tili o’qituvchisi Feruza Erqulova "Yilning eng yaxshi o’qituvchisi" ko’rik tanlovining respublika bosqichi g’olibi bo’lgan.