Mingbuloq tumani mashina traktor parki aktsiyadorlik jamiyati

Mingbuloq tumani mashina traktor parki aktsiyadorlik jamiyati
1952 yilda To’raqo’rg’on mashina-traktor stantsiyasi (MTS)dan Jomasho’y MTS ajralib chiqishi bilan tashkil topgan. 6 ta “Universal”, 12 ta “XTZ” traktori olib kelinib, vaqtincha hozirgi 14-o’rta umumiy tahlim maktabi o’rnidagi bo’sh yotgan jiydazor ichida saqlangan. Keyin MTS binosi, qo’rg’oni quriladi. 1961 yilda “Uzselg’xoztexnika” tuman birlashmasi etib qayta tashkil etildi. Bir necha marta nomi o’zgarib, hozirgi aktsiyadorlik jamiyati vujudga keldi. Hozir 120 kishi ishlaydi. Nizomdagi jamg’armasi 661302 ming so’mni tashkil etadi. Boshqaruv, avtogaraj, qishloq xo’jalik texnikalariga xizmat ko’rsatish, mexanizatsiya bo’limlari bor. O’n ikkita “Keys”, uchta “Klass dominator”, bitta “Ng’yu-Xolland” don o’rish kombayni, yigirma bitta yuqori unumli “Magnum” chet el haydov traktoriga ega.

MTS davrida Bogomolov, Voxidov, Kolomitsev, keyin Illarion Ivanovich Li, Toshmuhammad Rahmonov (1977-1985), Muxtor Usmonov, Abduqahhor Salimov, Burhoniddin Mamadaliev, Abduqahhor Hakimov, Alisher Hakimovlar tarmoqqa rahbarlik qildi.

Mahammad Isaboev 1999 yildan buyon mexanizator. “TTZ-80” chopiq traktorini o’n yildan buyon kapital tahmirsiz ishlatmoqda. Turdali Ashurov
1980 yildan buyon chilangar bo’lib sidqidildan ishlamoqda.