Mingbuloq tumani matlubot ulgurji-chakana savdo mahsuliyati cheklangan jamiyati

Mingbuloq tumani matlubot ulgurji-chakana savdo mahsuliyati cheklangan jamiyati 1952 yilda vujudga kelgan. O’tgan asrning yetmishinchi-saksoninchi yillarida 80 ta do’kon, umumiy ovqatlanish, tayyorlov, non ishlab chiqarish, bo’rdoqichilik, “Kooptorg” qurilish, avtomobil bo’limlari, to’rtta qishloq matlubot jamiyati aholiga savdo xizmati ko’rsatgan edi. Hozir 25 ta savdo do’koni, non, makaron tsexi faoliyat ko’rsatyapti. Har oyda 150-200 million so’mlik tovar oborot bo’layotir.

Matlubot jamiyatini rivojlantirish yo’lida Oyimxon Xo’jaeva, Onaxon Ismoilova, Lutfulla Abdullaev, Borijon Qozoqov, Anvarjon Boqiev, Ahmadjon Xalilov, Rashidxon Yusupov, Abdulxodi Boqiev, Sotivoldi Abdullaevlar samarali mehnat qildilar.