Mingbuloq tumani moliya bo’limi

Mingbuloq tumani moliya bo’limi 1952 yilda tashkil topdi. Tumanda dastlab yettita qishloq kengashi, oltita tashkilot bo’lgan. Tuman byudjeti rejasi 500 ming so’mni tashkil etgan. Moliya bo’limiga Kim Safron Ivanovich (1952-1965), Mahmudjon Abdulxaev (1966-1990), Tursunboy Boltaev (1990-1994), Sodiqjon Orifjonov (1994-1999), Muhammadjon Mirzaev (1999-2003), Abdullajon Yuldashev (2003-2006), Qo’chqorali Qodirov (2006 yil 18 iyuldan hozirgacha) mudir bo’lib ishladilar. Tirkashali Turdaliev, Anotoliy Tyugay, Mohira Maqsudova, Abduvohid Eshnazarov, Usubjon Ahmedov, Ozoda Usmonova ko’p yillar moliya bo’limida muvaffaqiyatli ishladilar, ishlamoqdalar.

2000 yilda tuman moliya bo’limining yangi ikki qavatli ko’rkam binosi qurib, foydalanishga topshirildi.