Mingbuloq tumani o’simliklarni himoya qilish otryadi

Mingbuloq tumani o’simliklarni himoya qilish otryadi 2004 yilda qishloq va suv xo’jaligi bo’limidan ajralib chiqib, yangidan tashkil bo’ldi. Har yili oltinko’z, trixogramma, gabrobrakon kabi foydali hashoratlarni ko’plab ishlab chiqarib, jamoa, fermer xo’jaliklarini tahminlash orqali paxta va boshqa qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi 100 foiz biologik usulda kurashni joriy etmoqda. Birgina 2011 yilda 12 095 000 dona oltinko’z, 21979 dona trixogramma, 626000 dona gabrobrakon ishlab chiqarildi.

Otryadga turli yillarda Bahodir Rayimjonov, Abdumannob Tojiboev, Turg’unpo’lat Xudoyberdiev, A.Rahimov boshliq bo’ldi. Entimolog agronom Ulug’bek Ergashev, Tohirjon Bozorov, laborant Arzibu Ashurova, To’xtajon Arslonova va boshqalar yaxshi ishlayaptilar.