Mingbuloqtumani yo’l xo’jaligi pudrat tahmirlash korxonasi

Mingbuloqtumani yo’l xo’jaligi pudrat tahmirlash korxonasi 1990 yilda Zadaryo avtomobil yo’llarini qurish va ta’mirlash, Jamashuy avtomobil yo’llarini qurish va ta’mirlash uchastkalari negizida tashkil topgan. Ustav fondi 63457,0 ming so’mga to’g’ri keladi. Hozir 61 kishi ishlaydi. Korxona balansida 107 kilometr davlat miqyosidagi avtomobil yo’llari, 103 kilometr viloyat miqiyosida yo’llar, 58 kilometr mahalliy ahamiyatga ega yo’llar jami 268 km yo’l turadi. 1993 yilda 103512 ming so’mlik, 2012 yil olti oyda 276547,0 ming so’mlik yoki 2011 yilning shu davriga nisbatan ikki barobar ko’p qurilish montaj ishlari amalga oshirildi.

Korxonada Maxmudjon Inoyatov, Madaminjon Nabiev, Komiljon Qoraboev va boshqalar boshliq bo’lib ishlagan. Burxonali Xolmurodov, Qodirali Daminov, Valijon Mahkamov, Abduhoshim Jakbarov, Muhammadjon Ortiqov, Mamasiddiq Umaraliev kabi faxriylar, ilg’or ishchilarning nomi hurmat bilan tilga olinadi.