Mingbuloqdavsuvmaxsuspudrat

“Mingbuloqdavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi 2008 yil 1 aprelda tuman hokimining 129-sonli qarori asosida tashkil bo’ldi. Hozir 91 kishi ishlaydi. Korxona taassarufida ma’muriy bino, omborxona, tokarlik ustaxonasi, mexanizmlarni saqlash uchun yopiq va ochiq maydon mavjud. Shu yili korxona ixtiyorida yettita 304 ekskavator, bir dona “T-130” rusumli buldozer bor edi.
Yil davomida “ O’zmeliomashlizing” kompaniyasi orqali to’rt dona LYGONG rusumli yuqori unumli ekskavator, bir dona “T-130” rusumli buldozer sotib olindi. 2009 yilda besh dona JON-YANG rusumli yuqori quvvatli, unumli ekskavator, bir dona CHETRA buldozeri, bir dona K-704 traktori (trayleri bilan), “TTZ-100” rusumli yonilg’i quyish traktori, 4 dona dala vagoni, 2010 yilda bir dona LEOGONG rusumli ekskavator, bir dona LEOGONG rusumli buldozor olib kelindi. 2011 yilda “GAZ-33” rusumli texnik xizmat ko’rsatish mashinasi, “BDS” lizing kompaniyasi orqali besh dona 25 tonna yuk ko’tarish quvvatiga ega FOTON-AUMAN rusumli avtoag’dargich yuk mashinasi sotib olindi.

Mana shunday yuqori unumli eng zamonaviy texnikalar bilan qurollangan davlat unitar korxonasi 2010 yildan loyiha qimmati 8 mlrd 43 mln so’m bo’lgan “Chortoq suv ombori” suv sig’imini oshirish oltinchi navbati va favqullodda tashlama qurilishini olib bormoqda. Bundan tashqari 2009-2010 yillarda viloyatimizning Qirg’iziston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarini mustahkamlash bo’yicha 950 mln so’mlik ishlarni amalga oshirdi.

Bundan tashqari davlat unitar korxonasi tumandagi ekin maydonlarining meliorativ xolatini yaxshilash bo’yicha katta xajmdagi ta’mirlash-tiklash ishlarini bajarmoqda. 2008 yilda 283 mln, 2009 yilda 630 mln, 2010 yilda 750 mln, 2011 yilda 1 mlrd 2 mln so’mlik melioratsiya ishlari amalga oshirildi.

2008-2011 yillarda tumandagi qoraqalpoq, qorashahar, Achchiko’l, Sariqsuv zovur tizimi hammasi bo’lib 1229 kilometrda 3641.9 ming kubometr xajmda tahmirlash-tiklash ishlari ado etildi.