To’qqiz nasos

“To’qqiz nasos”ga 1950 yilda qiziltol qishlog’ida asos solindi. Zardaryo kanaliga bitta nasos agregati o’rnatilib, mashina kanalga suv chiqarib berdi, qiziltol, Chordona, Dovduq qishloqlari suv bilan ta’minlandi. 1967 yilda bu yerga 9 dona dizel agregati o’rnatildi. Tepaga suv chiqarib berish hajmi keskin ortdi. Shu tarzda nasos stantsiyasi vujudga keldi. Xalq uni “To’qqiz nasos” deb atay boshladi. Nasos stantsiyasini Turdiali Mahkamov, Ziyoviddin Yo’ldoshev, Fribus Rubin, Fozilkarim Usmonov, Anvarjon Qodirov boshqarib keldi. Bugungi kunda tuman bo’yicha 8 ta nasos stantsiyasi bo’lib, 27 ta nasos agregati ishlab turibdi.