Umumiy ma’lumotlari

Mingbuloq tumani Geografik joylashuvi jihatidan shimolda Sirdaryo daryosi, sharqda Andijon viloyati, janubiy-sharqiy va janubiy-g’arbiy tomonlardan Andijon va Farg’ona viloyatlari, shimoliy-g’arbiy tomondan Pop tumani yerlari bilan chegaradosh. Dengiz sathidan 350-380 metr balandlikda joylashgan. Iqlim sharoiti jihatidan subtropik cho’l iqlim mintaqasining o’rta osiyo quruq kontinental zonasiga kiradi. Shunga ko’ra, o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Havo haroratining o’rtacha yillik miqdori 15,3 gradusni tashkil etadi. Samarali harorati (10 gradus) ortiq, yig’indisi bir yilda 4600-4800 gradusni tashkil etadi. O’simliklarning vegetatsiya davri 223 kun atrofida kuzatiladi. Yog’inlar miqdorining kam bo’lishi va yoz oylarida yuqori harorat tuproqdan kuchli bug’lanishni sodir etadi. Shamolning o’rtacha tezligi 1-2 m/s.ga teng bo’ladi.

Tumanning umumiy maydoni 740 kv.km, doimiy aholisi 115,2 ming shundan shaharda 41,4 ming kishi, qishloqda 73,8 ming kishi istiqomat qilmoqda.

Tuman markazi Jomashuy shaharchasi bo’lib, unda aholi soni 14,9 ming kishini tashkil etadi.

Tumanda  17  millat  vakillaridan  iborat,   shulardan 72 foizini uzbeklar, qolganini esa boshqa millat vakillari tashkil etadi.

Mingbuloq tumani asosan sug’oriladigan dehqonchilik va bog’dorchilik regionidir.

Asosiy ishlab chikarish tarmoklari paxtachilik, g’allachilik, chorvachilik, sabzavotchilik, uzumchilik, bog’dorchilik va pillachilikdan iborat.

Parrandalarning uy turlaridan tovuk, o’rdak, g’oz, kurka, tovus boqiladi. Bedana, kaptar, kaklik singari tutqinda bo’lmagan qushlar bor.

Qazilma boyliklariga neft, gaz, qum tuprok, shifobaxsh suv buloqlari kiradi.

Tumanimiz joylanish o’rni va tabiati iqlim sharoiti jixatidan qulay mintaqada joylashgan.