Ошибка
  • Шаблон для данной страницы недоступен. Пожалуйста, сообщите об этом Администратору сайта.

Istroxat bog’lari

Mingbuloq shaharchasi markazidagi “Do’stlik” nomli madaniyat va istirohat bog’ida kapital rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirish maqsadida bog’ xududida bo’sh turgan yerlarni tanlov asosida tumandagi tadbirkorlarga ijaraga berildi. Bog’da obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish, ta’mirlash tiklash, dam oluvchilar uchun yetarli sharoitlar yaratish, manzarali gullar va daraxtlar ekish, binolar va inshootlarni ta’mirlash, yangi attraktsionlar o’rnatish, hamda madaniyat va istirohat bog’ini shaxarsozlik talablari asosida zamonaviy ko’rinishda tashkil etish bo’yicha xususiy tadbirkor tomonidan 500.0 mln so’mdan ortiq mablag’ sariflanib yoshlar uchun yetarli shart sharoitlar yaratib berildi. Futbol maydonchasini qurib bitkazib tuman yoshlariga tuxfa etdi.

Mingbuloq shaxarchasida “Do’stlik” nomli madaniyat va istiroxat bog’ida Navro’z, mustaqillik bayramlari doimiy o’tkazib kelinmoqda.

“Do’stlik” nomli madaniyat va istiroxat bog’ida yoshlar uchun kechki “Mingbuloq tongi” xalq xavaskorlik ansamblini kontsertlari va  ko’rgazmali bayram tomoshalari tashkil etib kelinmoqda. Unda tuman hokimi va   o’rinbosarlari, xuquqni muxofaza  qiluvchi  idoralarning rahbarlari, mehnat faxriylari, korxona, tashkilot,  muassasalarning boshliqlari, mexnatda o’rnak ko’rsatgan ishchi xizmatchilar, jamoatchilik vakilari, yoshlar ishtirok etdi.