Аholini roʼyxatga olish jarayonlariga jalb qilinadigan shaxslar Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi boʼlishi, davlat tilini bilishi, umumiy oʼrta, oʼrta maxsus (kasb-hunar taʼlimi) yoki oliy maʼlumotga ega boʼlishi, muomala layoqatiga ega boʼlishi, aholi bilan muloqotga kirisha oladigan, aniq va tushunarli yoza oladigan hamda tegishli hududda doimiy yashab turgan boʼlishi talab etiladi.Аholini roʼyxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasporti) va STIR (soliq toʼlovchining identifikatsiya raqami) mavjud boʼlishi lozim.

Roʼyxatga oluvchi xodimlar mehnatiga haq toʼlashАholini roʼyxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan shaxslarning asosiy ish (oʼqish) joylaridagi lavozimi va oʼrtacha oylik maoshlari (stipendiyalari) saqlab qolinadi.«Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish tegishli tashkilotlar va muassasalarning vakolat bergan xodimi tomonidan amalga oshiriladi.Аholining ayrim toifalarini roʼyxatga oluvchi xodimlar oʼrtacha oylik maoshlari saqlanib qolingan holda ishga jalb qilinadi. Roʼyxatga olish ishlarida ishtirok etgan xodimlar faqat oʼz ish joylaridan qoʼshimcha ragʼbatlantirilishi mumkin. Аgar shartnomada koʼrsatilgan ish muddati tugamasdan avval shartnoma bekor qilinadigan boʼlsa, ish haqini hisoblash haqiqiy ishlangan vaqtga (muddatga) mutanosib ravishda amalga oshiriladi.Аholini roʼyxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etgan shaxslar samarali mehnat faoliyatidan kelib chiqib Qoʼmita raisi hamda hududiy komissiyalarning qaroriga asosan mukofot yoki qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlanishi mumkin.Аholini roʼyxatga olishga jalb qilinadigan shaxslar mehnatiga haq toʼlash byudjet mablagʼlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʼlar hisobiga amalga oshiriladi.Аholini roʼyxatga olishga jalb etilgan shaxslar bilan mehnat munosabatlari va fuqarolik-huquqiy munosabatlar Oʼzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, Oʼzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi 710-son qarori