Mamlakatimizda ilk bor oʼtkazilishi belgilangan aholini roʼyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari dunyo mamlakatlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ham diqqat markazida boʼlib kelyapti. Mazkur masala boʼyicha BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Аholishunoslik jamgʼarmasi, MDH Davlatlararo statistika qoʼmitasi kabi bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, ularning taklif va tavsiyalari inobatga olinmoqda.Аholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrishning eng muhim bosqichlaridan biri, bu — shahar va qishloq aholi punktlarining joyiga chiqib oʼrganish va aholi soniga aniqlik kiritgan holda, xonadonlar roʼyxatini yangilash hisoblanadi.

Bu ishlar uchun uy-joylar roʼyxatini tuzuvchilar (registratorlar) fuqarolik huquqiy shakldagi shartnoma asosida vaqtincha ishga jalb etiladi. Shu maqsadda sinov tariqasida aholini roʼyxatga olish oʼtkazilishi belgilangan hududlarda hududiy komissiyalar bilan hamkorlikda jami 175 nafar roʼyxat tuzuvchi joylardagi statistika, kadastr, uy-joy kommunal xizmat koʼrsatuvchi tashkilotlar hamda mahalla organlari xodimlari orasidan tanlab olinib, joriy yilning 28-30 aprel kunlari maxsus dastur asosida oʼqitildi va tanlanma ravishda mahallalarga chiqqan holda amaliy koʼnikmalari oshirildi.Oʼqitish jarayonlarida BMT Аholishunoslik jamgʼarmasi (YUNPFА)ning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi rahbari ishtirok etib, registratorlarga uy-joylar roʼyxatini tuzish jarayonlarida eʼtibor berilishi lozim boʼlgan muhim masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berdi.Ular joriy yilning may oyi davomida faoliyat yuritib, oʼzlariga biriktirilgan uchastkadagi uy-joylar va ularda yashovchi aholi sonini haqiqiy holat bilan birma-bir solishtirib chiqdi. Yigʼilgan maʼlumotlar sinov tariqasida aholini roʼyxatga olishning tashkiliy rejasini tuzishda axborot manbai boʼlib xizmat qiladi. Yaʼni ular asosida sinov tariqasida aholini roʼyxatga olish tadbiri uchun zarur boʼladigan aholini roʼyxatga olish, instruktorlik va hisob uchastkalar hamda ularga jalb etiladigan xodimlar soni shakllantiriladi. Shuningdek, tadbirni tashkil etish uchun zarur boʼladigan jihozlar va tovar moddiy boyliklar miqdoriga ham aniqlik kiritiladi. Bu esa, oʼz navbatida, byudjet mablagʼlaridan oqilona foydalanish imkonini beradi.