Bilimlar jangida Mingbuloqlik yoshlarning qo'li baland keldi Qizg'in baxs va munozaralarga boy tarzda o'tgan "Zukko kitobxon" intelektual turnirining viloyat bosqichida ?1-o'rinni Mingbuloq tumani "Mustaqillik" mahallasining "Ibrat izdoshlari" jamoasi qo'lga kiritdi. ?2-o'rinni Pop tumani "Yangi yer" mahallasining "Zukkolar" jamoasi egalladi. ?3-o'rin esa Uychi tumani "Fayzobod" mahallasining "Yosh liderlar" jamoasi vakillariga nasib etdi. Turnirda g'olib bo'lgan va faol ishtirok etgan yoshlar mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan esdalik va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.