Fuqarolarning murojaatlarini hal etish uchun yana bir qadam Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i X.Sabirovning tashabbusi bilan har haftaning seshanba kunlari shaxsiy qabul o'tkazish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan joriy yilning 24-yanvar kuni soat 10:00 - 12:00 ga qadar fuqarolar uchun onlayn shaxsiy qabuli tashkil etish belgilandi. Ushbu onlayn qabuldan ko‘zlangan maqsad shuki, hozirgi ob-havo shaoitida fuqarolarning davlat idoralariga murojaat etishi uchun yanada qulaylik yaratishdan iborat. Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining qabulida ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolar istalgan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga tashrif buyurib, onlayn qabulda ishtirok etishlari mumkin. Ma'lumot uchun telefon: +99869 226-11-00 Namangan viloyat adliya boshqarmasi Kanalga ulanish?https://t.me/namanganadliya






