“Ishonch servis xizmati” MChJ mulkchilik va atamani o‘zgartirilgan Mingbuloq tumanida tashkil etilib, faoliyat ko‘rsatayotgan “ISHONCH” jamoa korxonasining huquqiy vorisi hisoblanadi. “ISHONCH” jamoa korxonasi Mingbuloq tuman xokimining 1994 yil 4 fevral kungi 36/2-sonli karori bilan tashkil etilgan. Korxonaning mulk shakli jamoa bo‘lishiga sabab “ISHONCH” jamoa korxonasiga 1995-yil 31-yanvarda 004635-sonli egalik qilish huquqini tasdiqlovchi davlat orderi bilan berilgan va qiymati 8 578 so'm bo'lgan “Zadaryo” tuman aholiga maishiy xizmat ko'rsatish boshqarmasi va ijara punkti 30 nafar fuqarolardan yig'ilgan pullar hisobiga sotib olingan. "ISHONCH" jamoa korxonasining 2019-yil 28-noyabrdagi 3-sonli umumiy yig'ilish qarori bilan jamoa korxonasi "ISHONCH" mas'uliyati cheklangan jamiyati sifatida qayta tashkil etilib, jamiyat Ustavi va Ta'sis shartnomasi tasdiqlangan va davlat ro'yxatidan o'tkazilgan. Shuningdek, "ISHONCH" MChJ ta'sischilarining 2020-yil 6-fevraldagi 5-sonli umumiy yig'ilish qarori bilan jamiyatning yangi tahrirdagi Ustavi va Ta'sis shartnomasi tasdiqlanib, Davlat xizmatlari markazidan qayta davlat ro'yxatidan o'tkazilgan. Mazkur Ta'sis hujjatlarida jamiyat ishtirokchilari (ta'sischilari) sifatida quyidagi 5 nafar fuqarolar kiritilgan, biroq, "ISHONCH" jamoa korxonasi a'zolari bo'lgan bo'lsada, "ISHONCH" MCHJni ta'sis etishda ishtirok etish uchun chaqirilmagan jami 29 nafar fuqarolar “ISHONCH” MChJning 2019-yil 28-noyabrdagi 3-sonli umumiy yig'ilish qarormi haqiqi emas deb topish to'g'risida da'vo ariza bilan sudga murojaat qilganlar. Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining 2020-yil 26-fevraldagi hal qiluv qarori bilan da'vogarlaming da'vo talablari qanoatlantirilgan va "ISHONCH" MChJning 2019-yil 28-noyabrdagi 3-sonli umumiy yig'ilish qarori haqiqiy emas deb topilgan. Sud jarayonida "ISHONCH" jamoa korxonasiga 1995-yil 31-yanvarda 004635-sonli egalik qilish huquqini tasdiqlovchi davlat orderi bilan berilgan va qiymati 8 578 so'm bo'lgan "Zadaryo" tuman aholiga maishiy xizmat ko'rsatish boshqarmasi va ijara" punkti 30 nafar fuqarolardan yig'ilgan pullar hisobiga sotib olinganligi aniqlangan hamda ushbu holatlar jamoa korxonasining buxgalteriya hujjatlari bilan ham tasdiqlangan. Shuningdek, jamiyat tomonidan sudning yuqoridagi hal qiluv qarori ustidan bergan kassatsiya shikoyati Namangan viloyat iqtisodiy sudi kassatsiya instansiyasi tomonidan ko'rib chiqilib, sudning 2020-yil 26-maydagi qarori bilan qanoatlantirish rad etilgan va Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining 2020-yil 26-fevraldagi hal qiluv qarori o'zgarishsiz qoldirilgan. Mazkur jarayonda sud qarorlari asosida "ISHONCH" jamoa korxonasi ta'sischilarining 2020-yil 2-iyuldagi navbatdan tashqari 1-sonli yig'ilish qarori qabul qilingan va "ISHONCH" MChJ nomi "ISHONCH SERVIS XIZMATI" MchJga o'zgartirilib, yangi tahrirdagi Ustaviga 29 nafar ta'sischilar kiritilgan. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atining 2021-yil 27-iyuldagi qarori bilan Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining 2020-yil 26-fevraldagi hal qiluv qarori va Namangan viloyat iqtisodiy sudi kassatsiya instansiyasining 2020-yil 26-maydagi qarori o'zgarishsiz, kassatsiya shikoyatingiz esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan. Jamiyat manfaatida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan javobgar Mingbuloq tuman Davlat xizmatlari markazining jamiyatni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yia 2020-yil 10-iyuldagi hamda 2020-yil 7-fevraldagi harakatlarini qonunga xilof deb topish haqida kiritilgan ariza Mingbuloq tuman ma'muriy sudi tomonidan ko'rib chiqilib, sudning 2020-yil 30-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan arizani qanoatlantirish rad qilingan. Javobgar Mingbuloq tuman Davlat xizmatlari markazining "Ishonch servis xizmati" MChJni 2020-yil 10-iyulda kayta davlat ro'yxatidan o'tkazishda ifodalangan harakatini qonunga xilof deb topish va Mingbuloq tuman Davlat xizmatlari markaziga "ISHONCH" MChJni 2020-yil 7-fevraldagi qayta ro'yxatdan o'tganligi holatiga qaytarish majburiyatini yuklash haqidagi arizangizni Namangan tumanlararo ma'muriy sudining 2021-yil 24-sentabrdagi hal qiluv qarori bilan qanoatlantirish rad etilgan. Bundan tashqari, Namangan viloyat ma'muriy sudi apellyatsiya instansiyasining 2021-yil 24-dekabrdagi qarori bilan Namangan tumanlararo ma'muriy sudining 2021-yil 24-sentabrdagi hal qiluv qarori o'zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan. Mazkur sud jarayonlarida Mingbuloq tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlarining "Ishonch servis xizmati" MChJni qayta ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq xatti-harakatlarining qonuniyligi muhokama qilinib, sud tomonidan huquqiy baho berilgan. Arizachi Q.Qodirova tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining 2022 yil 13 dekabrdagi qarori bilan Namangan tumanlararo ma'muriy sudining 2021-yil 24-sentabrdagi hal qiluv qarori va Namangan viloyat ma’muriy sudi appelatsiya instansiyasining 2021 yil 2021-yil 24-dekabrdagi qarori o‘zgarishsiz, arizachi Q.Qodirovaning kassatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.






