Yangi O'zbekistonga munosib farzand sifatida dadil odimlab borayotgan imkoniyati cheklanganligiga, ijtimoiy og'ir ahvoliga qaramasdan o'z o'rnini topib, jamiyatda turli sohalarda yutuqqa erishib kelayotgan, Bozorov Diyorbek va Umaraliyev Xusanboylarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Har jabhada ilg'or va tashabbuskor oramizdagi qahramon yoshlar jamiyatimizning javohirlari sanaladi.

O'z iqtidorini yuksaltirayotgan tengdoshlariga yordam qo'lini cho'zayotgan aziz mehnatsevar yoshlar Prezdentimizning " Siz axir osmoni olmoqchi bo'lsangiz, Men ne uchun yelkamni tutib bermayin" deya ta'kidlaganlari aynan siz kabi ko'zida nuri yuragida Vatan madhi bo'lgan yoshlar uchundir.

Mingbuloq tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi