Ayni paytga kelib Mingbuloqda ham qor yog‘ishni boshladi. Bu esa o‘z navbatida avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashda yanada mas’uliyatni oshiradi.
Mingbuloq tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat va mahalliy ahamiyatidagi yo‘llarda muzlamaga qarshi qum-tuz, shlak aralashmalari sepilib, maxsus texnikalar yordamida yo‘llarni qordan tozalab, harakat xavfsizligi ta’minlanmoqda.
Hududlarda yo‘l xodimlari tomonidan muntazam ravishda yo‘llarni qordan tozalash ishlari davom etmoqda.






