Xususan, 3 546 nafar tadbirkor bilan hamkorlik natijasida hududda 27 402 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Tadbirkorlarga yordam ko‘rsatish ishlari Kompaniya tomonidan davom ettirilmoqda.
Kompaniya quyidagi moliyaviy yordamlarni ko‘rsatmoqda:
➡️ kredit, lizing, bank kafolati, akkredivlar uchun garov yetmaganda 5 mlrd so‘mgacha kafillik;➡️ ulushdorlik asosida 5 mlrd so‘mgacha kapitalga ulush kiritish;➡️ salohiyatli loyihalarni moliyalashtirish uchun 20 mlrd so‘mgacha moliyaviy qarz;➡️ bino va uskunalar olib berishi uchun 20 mlrd so‘mgacha xizmatlar ipotekasi;➡️ kredit foizining bir qismini qoplash uchun 5,4 foizgacha kompensatsiya;➡️ kredit va lizing ajratish uchun 5 mlrd so‘mgacha resurs;➡️ ajratilgan mikrokreditlarning 100 mln so‘mgacha qismini qayta moliyalashtirish.
Bog‘lanish uchun barcha ma’lumotlar yuqoridagi suratda keltirilgan.






