Musobaqalar jamoaviy tarzda (16-21; 22-26; 27-30 yosh toifasida) dastlab mahalla so‘ng sektor bosqichida g‘olib bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazildi.

Азиз мингбулоқликлар!

Жорий йилнинг 16 май куни соат 10:00да Мингбулоқ маданият марказида Ички ишлар вазирлиги ансамблининг хайрия  концерти бўлади.

Ушбу концертга кириш мутлақо бепул.

Insonlar nega qaysidir vaziyatni suratga muhirlaydi? Suratlar aynan biror voqea yoki lahzani xotira sifatida saqlash yoki biror bir hodisa tafsilotini boshqalarga yetkazish uchun kerak, shunday emasmi? Aholini ro‘yxatga olish ham huddi suratga tushishdek gap, faqat bunda davlatning ma’lum davrdagi demografik holati faktlashtiriladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda har 10 yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. O‘zbekistonda so‘nggi marta aholini ro‘yxatga olish ishlari 1989 yilda o‘tkazilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan. Mamlakatimiz aholi sonini aniq hisoblab chiqish ularning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, turmush darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish maqsadida, davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yhatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi farmon imzolandi. Aholini ro‘yxatga olish O‘zbekistonga qanday foyda keltiradi? O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish mamlakat fuqarolariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi bunga misol qilib maktab yoshidagi bolalar soni haqidagi ma’lumotlar maktab qurish bo‘yicha rejalarni muvofiqlashtirishga yordam beradi. Hududlar kesimida qayerda va qaysi sohada yangi ish o‘rinlariga ehtiyoj mavjudligi, qanday mutaxassislar kerakligini bilish uchun ishsizlar soni va ularning malaka darajasini bilish lozim. Favqulodda vaziyatlarda FVV xodimlari, shuningdek, shifokorlar aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari asosida zarur yordam ko‘lamini belgilaydi. Aholi soni va daromadi, uning turar-joyga bo‘lgan ehtiyoji to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda, masalan, maishiy texnika ishlab chiqaradigan korxonalar ishlab chiqarish hajmini prognoz qilishlari mumkin, ularni import qiluvchi kompaniyalar esa xaridlarni rejalashtirishlari va zararni minimallashtirishlari mumkin. Aholini ro‘yxatga olish makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni kelgusi 10−20 yillik davrga prognoz qilish uchun ham zarur. Statistik ma’lumotlar manzilli dasturlarni ishlab chiqish, fuqarolar salomatligini mustahkamlash, oilalarga moddiy ko‘maklashishda muhim ahamiyatga ega.

Birinchidan, ma’lum bir sanada aholining aniq soni (yoshi va jinsi tarkibi, fuqaroligi, milliy tarkibi (keng qamrovli), barcha aholi punktlari bo‘yicha soni, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholi, aholi bandligi (kasbi va mutaxassisligi) va ishsizligi, daromad olish manbalari, nogironligi bo‘yicha batafsil ma’lumot olinadi.

Ikkinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, iste’mol mahsulotlari hajmi, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) ishlatiladi.

Uchinchidan, aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.

To‘rtinchidan, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot sifatida foydalaniladi.

Beshinchidan, statistika idoralari tomonidan tashkil etiladigan tanlama kuzatuvlarni tashkil etishda ma’lumotlar bazasi sifatida qo‘llaniladi.

Oltinchidan, Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish ko‘rsatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritishda xizmat qiladi.

Yettinchidan, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rtava uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda foydalaniladi.

Sakkizinchidan, Xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan tahlillar uchun keng qamrovli axborotlar manbai hisoblanadi.

Bunday ma’lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognoz qilish, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat va aholi salomatligi bo‘yicha dasturlarni yaratishda, shuningdek davlat hokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, fan va jamiyatni axborot bilan ta’minlash uchun zarurdir.

Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisi, tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, uch yilga yaqin vaqt davom etadi. Ikkinchisi, asosiy bosqich bo‘lib, bunda bevosita aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi, ya’ni aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi, nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi va aholini ro‘yxatga olish materiallari topshiriladi. Bu taxminan ikki oy muddatni tashkil etadi. So‘nggi bosqich qariyb uch yil davom etib, olingan ma’lumotlar kodlashtirish yordamida tahlil qilinib, natijalar e’lon qilinadi. Ro‘yxatga olish jarayonida to‘planadigan statistik ma’lumotlar yagona elektron axborotlar tizimiga kiritiladi. Ya’ni bundan bu yog‘iga qog‘ozbozlikdan voz kechib, zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga e’tibor qaratiladi. O’zbekistonning mukammal kadastr xaritasi yaratiladi Aholini ro‘yxatga olish barobarida yana bir muhim vazifani bajarish ko‘zda tutilgan. Bu hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning ro‘yxatini tuzish bilan bog‘liq masala. Turar va noturar joylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini o‘tab bo‘lgan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududlarda uy-joy, sanoat ob’ektlarni qurish va ta’mirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, respublikaning yangi mukammal kadastr xaritasi yaratiladi. Reja aniq, vazifa mas’uliyatli Keyingi yilda mas’ul mutasaddilarni qaynoq ish jarayoni kutib turibdi. Ularni muvaffaqiyatli bajarish bilan viloyatning har bir shahari, tumanidan tortib mahallasiyu ko‘chasiga, chekka qishloq va olis ovullarigacha aloqador bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan yagona axborot bazasiga ega bo‘lamiz. Bu qimmatli ma’lumotlar esa bizga bugun, ertaga va yaqin kelajakda juda asqotadi. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilayotgan ko‘p yillik dasturlar, amalga oshirilayotgan tizimli o‘zgarishlar va belgilab olinayotgan rejalar manzil aniq bo‘lsagina, yuqori samara beradi. Demak, mazkur jarayon bilan shu choqqacha e’tibordan chetda qolib kelgan sohaga chinakam poydevor qo‘yiladi, deyish har jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi. Aholini ro‘yxatga olish nima uchun kerak? U necha bosqichda o‘tkaziladi? Mazkur tadbir bizga nima beradi? Aholi sonini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil va e’lon qilishning yagona jarayonidir. U aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning asosiy manbai bo‘lib, kelgusi 10-20 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi. Aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi. O’z navbatida, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalaniladi. Aholi sonini ishonchli hisoblash bo‘yicha rasmiy statistika tizimida asosiy rol o‘ynaydi.